“Tashkent city”dagi ikki bino sentyabrda foydalanishga topshiriladi
Jamiyat
−
03 avgust 2019
8571“Tashkent city” xalqaro biznes markazi hududida qurilayotgan “Hilton” mehmonxonasi va “Congress hall” joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
XBMning 5-lotida joylashgan “Congress hall”da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Tashkent city” xalqaro biznes markazi poytaxtning qoq markazida 80 gektar maydonda qurilyapti. U 8 lotga bo‘lingan. XBMni qurish 2017 yilda boshlangan. “Tashkent city” qurish Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti bo‘lganidan keyingi ilk yirik loyihasi bo‘ldi.
“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi DUK rahbari tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev keyinroq Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.
21 qavatli “Hilton” mehmonxonasi va “Congress hall” joylashgan 5-lotning umumiy maydoni 8,8 gektarga teng. “Congress hall” davlat ahamiyatiga molik mahalliy hamda xalqaro doiradagi tadbir va anjumanlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Lotdagi har ikki loyihaning investori “Akfa Dream World” kompaniyasi hisoblanadi. Loyihalarga 118 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilgan.
Ma’lumot uchun, “Akfa Dream World” kompaniyasini Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ta’sis qilgan.
LiveBarchasi