Qashqadaryoda 7 sentyabrdan maktablar ochilyapti

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 7 sentyabridan maktablarda o‘qish qisman boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun, 2 sentyabr kuni hududiy maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Joriy yil 7 sentyabrdan viloyatdagi 1091 ta maktabda ekspriment tariqasida 2-3 tadan sinflarda o‘qishni boshlaymiz. 14 sentyabrdan barcha maktablarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadi”, dedi Zoyir Mirzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga hokimliklar mas’ul. Ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan xarid qilinmaydi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatda jami kasallanganlar 967 nafar (748 nafari (77 foizi) erkak, 219 nafari yoki 23 foizi ayol) bo‘lib, shundan 55 nafari voyaga yetmaganlar. Ularning 126 nafari (14,3 foizi) chet el fuqarolari.

Ayni vaqtgacha, bemorlarning 910 nafari (94 foizi) sog‘aygan. Kecha, 1 cyentyabr kuni 14 nafar bemor virusdan xalos bo‘lib, shifoxonadan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qashqadaryo

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing