TDYUUda yangi fakultet tashkil etiladi
Jamiyat
−
30 aprel 2020
6369“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, TDYUUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fakultetning asosiy vazifalaridan biri xalqaro xususiy huquq, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashdan iborat.
Yaponiyaning Nagoya universiteti, Germaniya Federativ Respublikasining Regensburg universiteti fakultetning asosiy hamkorlari hisoblanadi. Bundan tashqari, xorijiy huquqni o‘rganish markazlari mazkur fakultet tarkibida faoliyat yuritadi.
Ta’kidlanishicha, fakultet negizida xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha maydon yaratiladi.
Fakultetdagi o‘quv jarayonga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi faol jalb etiladi.
LiveBarchasi