Shavkat Mirziyoyev ilk bor parlament ma’qullagan qonunni tasdiqlamadi
Jamiyat
−
30 aprel 2020
43602Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan, Senati tamonidan ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun kiritilgan “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolanmasdan qaytarildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, bunday holat Yangi O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba yuz berdi.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha Oliy Majlis bunday vaziyatda uch harakatdan birini amalga oshiradi:
• Qonun o‘zgartiriladi va qayta imzoga kiritiladi;
• 3/2 ovoz bilan o‘zgartirilmaydi va qayta imzoga kiritiladi;
• Qonun kuchga kirmagan holatda to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, Qonunchilik palatasida Prezidentning “Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun loyihasi Senat tomonidan 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi yalpi majlisda ma’qullangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr