Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi.
Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaning oliy davlat mukofoti – "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, "Esonbug‘a" xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing