Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasi Turkiyada kitob shaklida chop etildi
Jamiyat
−
23 fevral 2020
6543O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga Murojaatnoma yo‘llagan edi. O‘zbekiston rahbarining murojaatnomasi turk tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Murojaatnomada ayni vaqtda mintaqada muhim markaz sifatida o‘rnini topib borayotgan O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi qarashlari, kelgusidagi qadamlar aks etgan. Shu bois u kitob holida chop etilib, Turkiya Respublikasi Prezidenti devonining Xalq kutubxonasiga ham joylashtirildi.
Murojaatnoma birinchi bosqichda 1000 nusxada chop etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-20 fevral kunlari Turkiya Respublikasida bo‘lib, Prezident devonining Xalq kutubxonasi ochilish marosimida faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan edi.
Davlat rahbari kutubxonaga 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblarni sovg‘a qildi.
LiveBarchasi