Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasidagi amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Toshkentga qaytib kelgan. “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR Favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan. 

Avvalroq, O‘zbekiston yetakchisi Xitoy Raisi Si Szinpin va Vetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar  o‘tkazdi.

Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning yetakchi “Ameri International”, “CAMCE”, “China Energy”, “State Grid” korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumiga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.

Mirziyoyev yubiley forumning ochilishida qatnashib, “yashil” taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan yalpi sessiyasida nutq so‘zladi, Xitoy hamda “Makon va yo‘l” tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy tashrif Bir makon bir yo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing