Mirziyoyevning Qozonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturi yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti "BRICS plyus" sammitining yalpi majlisida barqaror taraqqiyot yo‘lidagi umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida davlat rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, "Sberbank" boshqaruvi raisi German Gref bilan uchrashuv va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Tatariston Respublikasining davlat mukofoti – "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qozon BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing