Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
690113 oktyabr kuni Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlarining kengash majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iziston Prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
“Bo‘lajak tadbir davomida Millatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligiga oid muhim qarorlar qabul qilinadi.
MDH sammitida davlat rahbarlari ishtirok etadi”, degan Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldava oktyabr oyi o‘rtalarida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmasligini xabar bergandik.
Akobir Sayidov