Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi davomida YeI bilan yangi shartnoma imzolanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda Bryusselga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlarida ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, tashrif davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi rejalashtirilgan.  

“Aytishim mumkinki, biz Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashda juda jiddiy yutuqlarga erishdik. Biz ushbu loyihani yaqin kelajakda yakunlash niyatidamiz, bu hujjatni davlatimiz rahbarining kelasi yili Bryusselga tashrifi chog‘ida imzolashni rejalashtirganmiz.
Katta e’tibor insoniy o‘lchov, demokratik islohotlar, inson huquqlari, diniy erkinliklar, bolalar va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka qaratildi”, degan Komilov. 

Komilov kelajakda hali qilinadigan ishlar ko‘p ekanligini tushunishini ta’kidlagan. 

“Shu nuqtai nazardan yangi yutuqlarga erishish uchun YeIdagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”, degan u.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Bryussel'

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing