Mirziyoyevni Ilhom Aliyev ham tabrikladi

Jamiyat

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevning telefon orqali muloqotida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va o‘zaro savdoni ko‘paytirish masalalari diqqat markazida bo‘lgan.

Ozarbayjon yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.
Shuningdek, o‘tgan hafta O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga amalga oshirgan tashrifi hamda uning samarali yakunlari va qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning Shusha shahrida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishi natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi sammitga qadar qat’iy kelishuv va bitimlar to‘plamini shakllantirish muhimligi ta’kidlangan.

“Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 66 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan bundan oldin respublika rahbarini Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing