Mirziyoyevga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
01 iyun 2023
28779O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lumot uchun Mansurbek Polvonzoda Olloyorov bugungi kungacha Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi