Mirziyoyevga yana olti davlat rahbaridan tabrik keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan mamlakat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan bayram qutlovlari kelmoqda.

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning tabrigi:

“O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

Tarixan qisqa davrda O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi hamda xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yuksak baholab, bu hamkorlik bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo‘lida rivojlanishiga ishonch bildiraman.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ishonch munosabatlarini alohida qadrlayman hamda ular mustahkamlanib borishiga umid qilaman.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli faoliyatingizga katta zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinch-farovon hayot va ravnaq tilayman.”

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev:

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Mustaqillik yillarida mamlakatingiz muhim yangilanishlar yo‘lini bosib o‘tib, davlat qurilishida, xalq farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Ko‘p asrlik do‘stlik va mushtarak tarixga asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston muloqoti izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. O‘ylaymanki, bunday muloqot davlatlar o‘rtasida samarali o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda boshqalar uchun ibratdir.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada kengaytirishda muvaffaqiyat kafolati bo‘ladi.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda yangi zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman!”

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qutlovida shunday deydi:

“Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh O‘zbekiston xalqiga Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklarni yo‘llash menga sharaf bag‘ishlaydi.

Mustaqillik yillarida birodar O‘zbekiston davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi.

Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv tamoyillariga asoslangan Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga qat’iy ishonaman. 

Ushbu shukuhli imkoniyatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.”

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon:

“Katta mamnuniyat ila Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizga va birodar O‘zbekiston xalqiga yurtingiz milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan samimiy va qizg‘in tabrik yo‘llayman.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyotida og‘ishmay olg‘a borayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning turli sohalarida ulkan, hayratlanarli natijalarga erishganini mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz. Shuningdek, O‘zbekistonning, jumladan o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy hamkorlik siyosatini faol amalga oshirayotgan davlat sifatida xalqaro nufuzi ortmoqda.

Tojikiston va O‘zbekistonni do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ezgu muloqotdan iborat boy tarixiy an’analar bog‘lab turadi.

Yaqin qo‘shni bo‘lgan xalqlarimiz munosabatlarining bunyodkor asoslarini har tomonlama mustahkamlash bugun ham Tojikiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari orasida asosiy o‘rinni egallaydi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli davlatlararo sheriklik va barcha darajadagi muloqot muvaffaqiyatli kengaymoqda.

G‘oyat natijador tarzda rivojlanib borayotgan, azaldan do‘stona munosabatlarimiz keyingi yillarda yanada keng tus oldi, ularning strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani buning yaqqol misolidir.

Mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatdan yangi o‘zanga burish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda Sizning, muhtaram Shavkat Miromonovich, shaxsan ulkan hissangizni alohida qayd etmoqchiman.

Ishonchim komil, biz birgalikda ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni ishga solib, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlaymiz.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, barcha ishlaringizga muvaffaqiyatlar, do‘st va birodar O‘zbekiston xalqiga esa musaffo osmon, tinchlik-osoyishtalik va yanada rivoj tilayman.”

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov:

“Qirg‘iziston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va butun O‘zbekiston Respublikasi xalqini Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman!

Sizning oqilona rahbarligingizda mintaqaviy va xalqaro hamkorlik borasida qilingan qat’iy qadamlar tufayli O‘zbekiston Respublikasi jahonda munosib o‘rin egalladi.

Bugun mamlakatlarimiz hamkorligi misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi. Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari xalqlarimiz yorqin kelajagi yo‘lida bundan buyon ham rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa yanada ravnaq tilayman.”

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z tabrigida shunday deydi:

“O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini shaxsan o‘zim va xalqim nomidan samimiy muborakbod etaman.

Do‘st va qardosh O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida strategik sheriklik darajasiga yetgan munosabatlarimizni mushtarak sa’y-harakatlar bilan har sohada yanada chuqurlashtirishimizga chin yurakdan ishonaman.

Strategik hamkorlik oliy kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi munosabati bilan Sizni va delegatsiyangizni yurtimizda qutlashdan mamnuniyat tuyishimizni bildirmoqchiman.

Shu fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqiga omonlik tilab qolaman.”.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In:

“Sizni va O‘zbekiston xalqini mamlakatingiz mustaqilligining 28 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ichki va tashqi siyosatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlar katta hurmat-e’tiborga sazovor. 

Siz Janobi Oliylari tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar mamlakatda ham, uning tashqarisida ham yuksak e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Ishonamanki, Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston Respublikasi mamlakat va jamiyatni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishda davom etadi.

O‘ylaymanki, mening joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim mamlakatlarimiz iliq birodar aloqalar bilan bog‘langanini yana bir bor tasdiqladi. Shu munosabat bilan yangi, alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ikki tomonlama munosabatlarni sifatli rivojlantirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettiramiz, deb umid qilaman.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat, O‘zbekiston Respublikasi xalqiga esa uzluksiz ravnaq tilayman.”.

Qayd etilishicha, qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Avvalroq, AQSH, Rossiya va Xitoy rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tabrik

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing