Mirziyoyevga tabrik kela boshladi
Jamiyat
−
24 iyul 2019 5376 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentning O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr