Mirziyoyevga maktub yo‘llagan yosh shoiraga Prezident sovg‘alari topshirildi
Jamiyat
−
01 iyul 2019 16843 1 daqiqa
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barcha shahar va tumanlarda tadbirlar o‘tkazildi. Nurafshon shahri Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan marosimda yosh shoira Zilola Shomurodovaga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Zilola yaqinda yurtimiz haqida she’r va samimiy tilaklari bildirilgan xat yozib, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan edi. Yoshlar kuni arafasida, davlat rahbari nomidan Zilola Shomurodovaga javob xati keldi.

Ma’lumot uchun, yosh shoiraning otasi Muzaffar Rahimov ustachilik bilan shug‘ullanadi, onasi Lobar Qo‘chqorova esa uy bekasi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr