Mirziyoyev Japarovni Yangi yil bilan qutladi
Jamiyat
−
31 dekabr 2024
1925O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni va Qirg‘iziston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Siz va qardosh Qirg‘iziston Respublikasi xalqini kirib kelayotgan Yangi – 2025 yil bilan chin dildan tabriklash va eng yaxshi tilaklarimni yo‘llash men uchun katta mamnuniyatdir”, degan Prezident kirish so‘zida.
Telegrammada qayd etilishicha, Japarov rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida bugungi kunda qardosh Qirg‘izistonning barcha sohalari jadal rivojlanmoqda.
Mirziyoyev qat’iy siyosiy iroda va so‘nggi yillardagi umumiy sa’y-harakatlar, intilishlar samaradorligi bilan birgalikda, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yanada chuqurlashayotganini alohida ta’kidlagan.
“Ishonchim komil, har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlash ruhida ikki qardosh xalqlarimizning umumiy farovonligi yo‘lida jadal rivojlanadi”, deyiladi tabrik yakunida.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil arafasida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Nursulton Nazarboyevni tabriklagan va Vladimir Putindan tabriknoma olgan edi.
LiveBarchasi