Mirziyoyev Japarov va To‘qayevdan ham tabrik oldi

Jamiyat

image

Qozog‘iston va Qirg‘iziston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev hamda Sadir Japarov O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qozog‘iston va Qirg‘izsiton Prezidentlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Qosim-Jomart To‘qayev va Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni kecha, 9 iyul kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan g‘alabasi bilan samimiy qutlagan.

Qozog‘iston Prezidenti Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarini strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida yanada chuqurlashtirishga sodiqligini yana bir bor aytgan.

Shu bilan birga davlat rahbarlari oliy darajada ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashgan, shuningdek, kelgusi ikki tomonlama tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqqan.

“Prezident saylovlari natijalari sizning yuksak obro‘ingiz, O‘zbekiston xalqining ishonchi va respublikada barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan pragmatik va istiqbolli siyosatingiz qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin dalilidir”, deyilgan Japarov Mirziyoyevga yo‘llagan tabrikda.

Shuningdek, Japarov Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarida ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarida misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini, muhim qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat rahbarini muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Japarov To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing