Mirziyoyev Japarov bilan ko‘rishdi
Jamiyat
−
15 noyabr 2025 2427 1 daqiqa
Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, birinchi navbatda, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalaridagi muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish choralari ko‘rib chiqilgan.

Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan. Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Ma’lumot uchun, mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston yetakchisi tomonidan 2017 yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgani va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi