Mirziyoyev Yakkasaroydagi sumalak sayliga bordi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 19 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari ushbu majmualarni ko‘zdan kechirdi, mahalla ahli bilan samimiy suhbatlashdi.

“Avvalo, sizlarni ulug‘ ayyom kunlari bilan, kelayotgan Navro‘z bilan tabriklayman. Mahallangizdagi obodlikni, ish joylarini, bayram nafasini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Nima uchun hududlarda ko‘p yuraman? Chunki men odamlarga ishonaman. Hamma mahallalarni shunday o‘zgartirishga harakat qilishimiz kerak. Mamlakatimizda 9 ming 450 ta, Toshkentda 585 ta mahalla bor. Hozir ularga iqtisodiy kompleks tashkilotlarini biriktiradigan tizim qilyapmiz. Maqsadimiz – har bir xonadonga, har bir insonga yetib borish. Xalqning roziligi, duolariga munosib bo‘lish hammamizga nasib etsin”, degan Prezident.

Shu boradagi manzilli chora-tadbirlar “mahalla yettiligi” va mutasaddilar bilan muloqotda muhokama qilindi.

“Xabaringiz bor, iqtisodiy kompleks tashkilotlarini mahallalarga biriktiryapmiz. Bunda banklarning ham o‘rni bor. Ular orqali tumanlardagi korxonalarga qo‘shimcha sharoit yaratib, yengil kreditlar berib, yana ish o‘rinlari ochishini qo‘llab-quvvatlash kerak. Endi mahallalar ham zamonga munosib, harakatchan bo‘lishi lozim. Umuman, ishlayman degan odamga sharoit yaratib berishimiz shart”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Mutasaddilar iqtisodiy kompleks faoliyatini mahallalarda tashkil etish, shahar sharoitida odamlarni ish bilan ta’minlash vazifalari to‘g‘risida axborot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made