Mirziyoyev Vuchich bilan daraxt ekdi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2025 3680 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston bilan Serbiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilish ifodasi sifatida daraxt ekkan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazilgandi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilarining rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Live
Barchasi