Mirziyoyev Vladimir Kim vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Vladimir Vasilevich Kim joriy yilning 8 aprel kuni 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.  

Olimning vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev o‘z ta’ziyalarini bildirdi. 

Vladimir Kim 1929 yil 25 sentyabrda Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Bikin shahrida tug‘ilgan. U 1950 yilda Toshkent moliya-iqtisod instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni tamomlagan. 

Kim o‘z mehnat faoliyatini Samarqand tumanida nazorat-taftishchi sifatida boshlagan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisod institutining aspiranturasida o‘qigan. Dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati tufayli 2000 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan. 

Iste’dodli olim o‘zining 60 yildan ortiq ilmiy va pedagogik faoliyati davomida Toshkent xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) kafedra mudiri, professor, prorektor, rektor maslahatchisi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida falsafa, iqtisodiyot va huquq fanlari bo‘yicha akademik kotib kabi mas’uliyatli lavozimlarda fidokorona mehnat qilgan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shgan. 

Olimning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 200 dan ziyod ilmiy maqolalari, 10 ga yaqin monografiyalari O‘zbekiston va chet el olimlari hamda mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. 

U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Vladimir Kim

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing