Mirziyoyev va Japarov “Xitoy – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurishni muhokama qildi
Jamiyat
−
12 noyabr 2021
4509Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tongda Istanbul shahrida o‘tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
"Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan yangidan tashkil etilgan Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Madaniy almashinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda", deyiladi rasmiy xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023