Mirziyoyev va To‘qayev ikki oliygohni ochib berdi
Jamiyat
−
08 avgust
4591O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari “Sian - Xorg‘os - Olmaota - Sariyog‘och - Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdi.
O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi. Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari “Sian - Xorg‘os - Olmaota - Sariyog‘och - Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bag‘ishlangan marosimda ham ishtirok etdi. Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan “Xorg‘os” quruq portiga yo‘l oldi. U yerda konteynerlar qayta ortildi va Qozog‘iston temir yo‘llari bo‘ylab “Sariyog‘och” stansiyasi orqali so‘nggi manzilga – “Toshkent” stansiyasiga jo‘natildi.
Ushbu yo‘nalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonga davlat tashrifi dasturi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasining “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi
16:25