Mirziyoyev va Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image
“Tolibon” Ashraf G‘ani va hukumat a’zolariga taklif bilan chiqdi north_east

“Tolibon” Ashraf G‘ani va hukumat a’zolariga taklif bilan chiqdi

Bugun, 15 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashdilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Tolibon” Afg‘onistonni to‘liq nazoratga olganini e’lon qildi. Hozirda Qobulni jangsiz topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda

Shu bilan birga arab nashrlari Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqqani haqida xabar tarqatdi. Hatto, u mamlakatni tark etgani aytilmoqda. Ammo bu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

14 avgust kuni kechasi esa 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi. TIV ularni ortga qaytarish bo‘yicha “Tolibon” va rasmiy hukumat bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Afg'onistondagi keskinlik

Baholaganlar

898

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing