Mirziyoyev va Makron Fransuz alyansini ochib berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Fransuz alyansining Samarqand shahridagi filialini ochib berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, bugun, 2 noyabr kuni Samarqand shahrida fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi nohukumat notijorat tashkilot – Fransuz alyansining O‘zbekistondagi ikkinchi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron ishtirok etib, tasmani tantanali ravishda kesgan va markazni ochib bergan.

Shundan so‘ng Prezidentlar zamonaviy jihozlangan markazning imkoniyatlari bilan tanishgan.  Bu yerda fransuz tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Markaz 200 nafargacha fransuz madaniyatiga qiziquvchilarni qabul qila oladi. 

Shuningdek, markazning Samarqanddagi faoliyati o‘zbek va  fransuz xalqlarini yanada yaqinlashtirish, o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.

Ma’lumot uchun, Fransuz alyansi 1883 yilda Parij shahrida Jyul Vern va Lui Paster kabi o‘z davrining atoqli shaxslari tashabbusi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Fransuz alyansining 800 dan ziyod filiali dunyoning 137 ta mamlakatida faoliyat yuritmoqda.

Uning O‘zbekistondagi birinchi filiali 2015 yilda Toshkentda ochilgan edi. Madaniyat va til sohasidagi ikki tomonlama almashinuvlarni yanada kengaytirish maqsadida Samarqand shahrida yana bir filial tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand Emmanuel' Makron Frantsuz al'yansi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing