Karimov va Mirziyoyevni haqorat qilgan bloger qamaldi
Jamiyat
−
08 fevral 2022
30133Xorazmda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Inson huquqlari himoyachisi – “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Xazorasp tumanining Bo‘ston qishlog‘ida yashovchi bloger Sobirjon Boboniyozov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilishda ayblangan.
Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 31 yashar bloger Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Blogerlar birlashmasi” nomli guruhga a’zo bo‘lib, mazkur guruhda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevni haqoratlovchi va faoliyatini obro‘sizlantiruvchi mazmunda to‘g‘ridan to‘g‘ri video materiallar e’lon qilgan.
"O‘tgan yilning 21 aprelidagi sud-lingivistik ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur materiallar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga suiqasd qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikni ifodalaydi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, bloger mazkur jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi, ya’ni mast holatda takroran sodir etgan", deydi huquq himoyachisi.
3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Xazorasp tumani sudi tomonidan blogger Sobirjon Boboniyozov 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni manzil koloniyada o‘taydi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismiga shu yil bahorida kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi