Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini tabrikladi

Jamiyat

image

Kecha, 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari butun musulmon olami uchun muqaddas ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildil.

Joriy yil mart oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda samarali natijalarga erishilgani, ular ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik  darajasiga ko‘tarishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro delegatsiyalar tashriflari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 20 foizga oshdi. O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari davom ettirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

Prezidentlarning telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing