Mirziyoyev va Aliyev birinchi xonimlar bilan konsertga bordi (video)
Jamiyat
−
23 avgust
9885Prezident Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Konsertda, shuningdek, Ozarbayjon Prezidentining qizi Laylo Aliyeva hamda O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva ham qatnashgan.
“O‘zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham ikki mamlakat madaniyat arboblarining ijodiga katta hurmat va mehr bilan qarashadi. Prezidentlar farmoni bilan, afsonaviy xonandalar Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga xalq artisti faxriy unvonlari berildi. Konsert o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi, uyg‘un an’ana va qadriyatlarining yana bir bor namoyon etdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom Aliyev rafiqasi bilan O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng, “Ko‘ksaroy” davlat qarorgohida Ozarbayjon Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan keyin Mirziyoyev va Aliyev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
LiveBarchasi