Mirziyoyev va Aliyev Bakudagi elchixonaning yangi binosini ochib berdi
Olam
−
02 iyul 5083 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Baku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.
Yetakchilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochib berdi.
Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezident Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif etdi.
Yakunda Prezidentlar elchixonaning faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bakudagi “Zagulba” qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgandi.
Ertaga, 3 iyul kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadi.
Live
Barchasi