Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oldi
Jamiyat
−
02 iyul 8528 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Bakudagi “Zagulba” qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev samimiy kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdi.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Bugun, 2 iyul kuni ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadi, “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yadi va O‘zbekistonning Bakudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi.

Ertaga, 3 iyul kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadi.
Live
Barchasi