Mirziyoyev O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning 7 ta ustuvor yo‘nalishini sanadi

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va Kengash doirasidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini sanadi. Bular quyidagilar:

Birinchidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash O‘zbekistondagi islohotlarda eng muhim o‘rinda turadi.

2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni ko‘zda tutadigan “hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, gender siyosati masalalari borasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar qat’iy davom ettiriladi.

Uchinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratiladi.

To‘rtinchidan, aholining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo e’tibor markazida bo‘ladi.

Joriy yil O‘zbekistonda "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb e’lon qilindi.

Oltinchidan, “Inson huquqlari sohasida ta’lim” deklaratsiyasining 10 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum o‘tkazishni taklif etadi.

O‘zbekiston o‘qitish tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Yettinchidan, Bosh kotib Antoniu Guterrishning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qayd etish kerakki, birgina o‘tgan yilning o‘zida 50 ming nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing