Mirziyoyev O‘zbekistonda dronlar yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
24 fevral 2023 12271 1 daqiqa
O‘zbekistonda jangovar uchuvchisiz havo vositalari yig‘ilishi mumkin. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga bordi. Davlat rahbari bu yerda O‘zbekistonda tajriba tariqasida dronlar yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrifi chog‘ida mutasaddilarga dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, havo mudofaasini yangi pog‘onaga ko‘tarish, tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, deyiladi xabarda.
Bugungacha O‘zbekistonda uchuvchisiz jangavor havo vositalari bor-yo‘qligi haqida OAVga ochiq ma’lumotlar mavjud emas edi. Biroq Prezidentning Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrifida hujumchi, qiruvchi, transport samolyotlar, jangovar vertolyotlar ishtirokida harbiy aviatsiya parvozlari namoyish o‘tkazilgani xabar qilindi.