Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi barcha musulmonlarga va butun xalqqa Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

Prezident mamlakatdagi har bir mahalla, shahar va qishloqdagi tinchlik va obodlik, jamiyatdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotganini ta’kidlagan. 

Shuningdek, Mirziyoyev shu Qurbon hayiti kunlarida 15 ming nafar o‘zbekistonlik Makkai mukarramada muqaddas haj ziyoratini ado etayotganini qayd etgan. 
Shu bilan birga, Prezident keyingi yillarda shakllangan an’anaga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilanganini eslatgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev dunyoning uzoq-yaqin hududlaridagi barcha mo‘min-musulmonlarga samimiy tabriklarini yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing