Mirziyoyev O‘zbekiston ichki siyosati bo‘yicha oldindagi maqsadlarini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bugungi muvaffaqiyatlari bilan cheklanmaymiz va yangi o‘zgarishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni oldiga maqsad qilgan. Bunda asosiy e’tibor qonunning so‘zsiz ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va gender tenglikni, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisidagi nutqida so‘z ochdi. 

Mirziyov o‘z nutqida Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas tus olgan islohotlarning asosiy ustuvor vazifasi samarali faoliyat ko‘rsatadigan bozor mexanizmlariga, yuqori hayot darajasi va qulay turmush sharoitlariga ega kuchli huquqiy davlatni barpo etishdan iborat ekanini ta’kidladi.

“Biz erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz va yangi o‘zgarishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu o‘rinda gap, avvalo, qonunning so‘zsiz ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va gender tenglikni, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlash haqida bormoqda”, deydi O‘zbekiston rahbari.

Shuningdek, Mirziyoyev iqtisodiy sohada bundan buyon ham tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, raqobat va innovatsion biznes muhitining rivojlanishini rag‘batlantirish davom ettirilishini qayd etdi.

Yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit vujudga keldi. Bir necha o‘n yillar mobaynida yig‘ilib qolgan, hal etilishiga hech kim ishonmay qo‘ygan ko‘plab muammolar bir necha yil davomida bartaraf etildi”.

Urg‘ulanishicha, bugun vaziyat tubdan o‘zgargan. Vizasiz rejim joriy qilingan, barcha o‘tkazish punktlari ochilgan. Aviaqatnovlar va yer transportida tashishlar ko‘paygan.

Kooperatsiya aloqalari kuchayib bormoqda, yirik loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya kompaniyalari va boshqa moliyaviy vositalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Albatta, mintaqada hali ham o‘z yechimini topmagan masalalar bor. Biroq ishonchimiz komilki, bizning kuchli siyosiy irodamiz va umumiy bunyodkorlik ruhi mintaqadagi qardosh mamlakatlar va xalqlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi”, deydi O‘zbekiston yetakchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing