Mirziyoyev Uchtepada infratuzilma va ijtimoiy soha ob’ektlari bilan tanishmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 13 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davlat rahbariga shahar ko‘chalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilindi.

Prezident Toshkent shahridagi 5-son issiqlik markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi texnologik jarayonlar va uskunalarning ishlashi bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident faollar ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

163

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing