Mirziyoyev Turkiyada yuz bergan ofat munosabati bilan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yuz bergan tabiiy ofat munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma ob’ektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni kuchli yog‘gan yomg‘irlar Turkiyada suv toshqinlari paydo bo‘lishiga olib keldi. Tabiiy ofat oqibatida shu vaqtga qadar 70 nafar odam halok bo‘lgani aniqlandi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 8 ming kishi, mingdan ortiq transport vositalari va 21 ta vertolyot jalb qilingan.

Bundan avval Turkiya o‘rmonlarida kuchli va davomli yong‘inlar chiqqandi. Turkiyaning 30 dan ortiq viloyatlarida qayd etilgan yong‘inlar oqibatida 850 dan ortiq odam jarohat olgan, 10 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing