Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
21 noyabr 2022
3682Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va unda ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.
Muloqotda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
“Exit poll” natijalariga ko‘ra, kecha, 20 noyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev 82 foizga yaqin ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi