Mirziyoyev To‘qayevni kuzatib qo‘ydi

Jamiyat

image


Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘hna Xiva shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashgan.

Jumladan, ular “Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishgan.

Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilingan.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Mirziyoyev kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing