Mirziyoyev To‘qayevga Jambildagi fojiali voqea yuzasidan hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston Prezidentiga Jambil viloyati Boyzoq tumanida ro‘y bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Qozog‘istonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm sohalarida kooperatsiya loyihalari, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibi, avvalo, Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘lgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing