Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
31 mart 2025 3302 1 daqiqa
Bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat yetakchisi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida ishtirok etadi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Japarov va Imomali Rahmon bilan ilk bor mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishi aytilgan 3 tomonlama sammit o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust