Mirziyoyev Toshkentdagi aholi uylarida mehmon bo‘ldi (foto)
Jamiyat
−
21 iyul 2023 36589 1 daqiqa
Bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi. Bu haqda Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu mahallada 1500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi.

Davlat rahbari mahallaga tashrifi doirasida xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rgan va aholi vakillari bilan suhbatlashgan.

Ma’lumki, O‘zbekistonning barcha hududlarida “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari amalga oshirilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu mahallani ham “Obod xonadon” dasturi asosida yaxshilash ko‘zda tutilyapti.

“Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz” , degan Prezident.


Davlat rahbari uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko‘rgazmani ko‘zdan kechirgan. O‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish, sayyohlar uchun savdo va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan


Eslatib o‘tamiz, kecha 20 iyul kuni ham Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida shaharni aylanib chiqqandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28