Mirziyoyev “Singapur vijdoni” Li Kuan Yu maktabiga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 17 yanvar kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga bordi. 

Singapurning birinchi Bosh vaziri va ushbu mamlakat “iqtisodiy mo‘’jizasi” muallifi Li Kuan Yu sharafiga nomlangan maktab davlat siyosati va xalqaro munosabatlar sohasida magistratura dasturlari asosida kadrlar tayyorlashga, ilmiy va siyosiy tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashgan.

Qayd etilishicha, ko‘p yillardan buyon maktab oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarida yetakchi o‘rinlarni egallab keladi. 

Ma’lumki, Singapur erishgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarda chuqur o‘ylangan kadrlar siyosati, malakali, mas’uliyatni his etgan va halol rahbar kadrlarni tayyorlashga ustuvor e’tibor muhim o‘rin tutgan. 

Mirziyoyev maktab faoliyati bilan batafsil tanishib, o‘quv muassasasi rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

O‘zbekiston Prezidenti huzurida O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi va Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolash marosimi o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Li Kuan Yu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing