Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi
Jamiyat
−
01 Oktabr 2022
6988Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘llab, unga va do‘st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yil 1 oktyabr kuni tashkil topgan.