Mirziyoyev shu hafta yana Moskvaga borishi kutilyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Moskvada o‘tadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan majlisida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda RT telekanali xabar berdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Mirziyoyev 24-25 may kunlari bo‘lib o‘tadigan majlisda ishtirok etadi. Majlis bilan bir vaqtda ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumi ham bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga shu oydagi ikkinchi tashrifi bo‘ladi. Avvalroq Mirziyoyev 9 may kuni Kremlda o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun ham Moskvaga safar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing