Mirziyoyev SHHT sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvini boshladi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2022
10188O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 sentyabr kuni SHHT sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvini boshladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Asadovning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qilmoqda.
Uchrashuvda ikki mamlakat Prezidentlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Buning uchun zarur shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugun Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi