Bugun Shavkat Mirziyoyev ikkita Prezident bilan uchrashadi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, bugun Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlanadi. Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kelgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Kun davomida O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloni ham qabul qiladi.

Prezident Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi hamda sammit tadbirlarida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan O‘zbekistonga keladi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing