Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilgan. Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani qayd etilgan.

Aytilishicha, ikki davlat orasidagi o‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida manfaatli hamkorlik kengaymoqda. Suhbatda “Shovot-Toshovuz” qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etilgan.

Shuningdek, birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashilgan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 avgust kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari sammitida qatnashadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib borganida, uni aeroportda turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib olgandi. Mirziyoyev u bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi

O‘tgan oyda esa Prezident Serdar Berdimuhamedov farmon imzolagan va unda 2025 yilgacha O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasidagi savdo zonasida cavdo markazi qurilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Ashxobod Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing