Mirziyoyev Samarqandga bordi
Jamiyat
−
15 Sentabr
5324Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 15 sentyabr kuni Germaniya federal kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bo‘lajak muzokaralarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil may oyidagi Germaniyaga tashrifi davomida Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazgandi. 2023 yil sentyabr oyida Berlinda Olaf Shols raisligida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, sammiti doirasida Mirziyoyev Shols bilan muzokara o‘tkazgan va uni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif qilgandi.