Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.

“Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Tataristonga borib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda AQSH va Germaniyaga , shu oy boshida  esa Qatarga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing