Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

Shuningdek, Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Bildirilishicha, sammitlar kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, sammit davomida birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinishi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 26 dekabrida ham Sankt-Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuvda 2023 yilgi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilgan. MDH doirasida ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing